<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
.Fm             C#
 Kechir Ollohim meni,
.Fm             C#
 Ishonchim doim Senda.
.Fm               C#
 Dilga Seni kech soldi,
.Fm              C#
 Mendek gunohkor banda.

[V2]
 Kechir bundan avvalroq,
 Seni taniy olmabman.
 Shayton soʻziga kirib,
 Senga quloq solmabman.

[V3]
 Men notavon Sen bilan
 Behuda janglar qildim.
 Olovli oʻqlar otib,
 Aobladim, hor qildim.

[V4]
 Hatto madad bermabman
 Oʻsha mashʼum bahorda,
 Yovuzlar qiynaganda,
 Nuridiydangni xochda.

[V5]
 Ammo bir kun gʻaflatdan
 Uygʻondi sening quling.
 Yuragimga malhamdek
 Tegdi muborak qoʻling.

[V6]
 Oʻtgan kunlar yodimda,
 Koʻzlarimni ochding Sen,
 Gunohlar koʻp botqoqdan
 Zab qutqarib qolding Sen.

[V7]
 Mana, endi taʼzim aylab,
 Joy namozda turibman.
 Shak keltirish yoʻq endi,
 Porloq yoʻldan yuribman.

[V8]
 Hayotim baxshida Senga,
 Qaytish yoʻqdur soʻzlardan,
 Faqat endi, Sen,
 Meni asra yomon ishlardan.</lyrics>
<title>Kechir Ollohom</title>
<key>Fm</key>
</song>